Robototexnika kurslari orqali bolalarni rivojlantirish

6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun robotexnika kurslari

Robototexnika nima?

Robototexnika kelajakning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Avtomatlashtirish va texnik tizimlarni yaratish bilan shug'ullanadi va elektronika, mexanika, dasturlash va matematikaning sintezini anglatadi. Buni zamonaviy bolalar oson va hayajon bilan o'rganadilar. Ular interfaollikni yaxshi ko'radilar va fanga katta qiziqish bildirishadi. Bola zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda kompleks muammolarni hal qilishni o'rganadi.

Kurs davomida quydagilarga erishiladi:

Matematika va Fizika bo'limlarini o'rganamiz

Dasturlash va Matematika bizning asosiy faoliyatimizdir. Biz Lego to'plamlari bilan mexanika bo'limini va Arduino-ni o'rganamiz.

Dasturlash va informatika

Dasturlash faoliyatimizning asosiy qismlaridan biridir. Biz Lego bilan dasturlashni boshlaymiz - eng oddiy blok sxemasidan boshlab o'tamiz va keyinchalik yuqori darajali dasturlash tillari bilan xam shug'illanamiz.

Mexanika (loyihalash asoslari)

Lego o'quv to'plamlari bizga mexanizmlarning harakat tamoyillarini, transmissiya nima ekanligini, va turli xildagi mexanizmlarni ishlashidagi boshlang'ich bilim va ko'nikmalarni beradi

Fikrlashni rivojlantirish. Algoritmlash

Mantiqiy vazifalar va jumboqlar yechishda tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi, javob izlash va xulosa chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi.

Jamoada bo'lib ishlashni o'rgatamiz

Jamoa bo'lib ishlash maqsadlarga samarali erishish uchun muhimdir. Raqobatbardoshlikni hisobga olgan holda, bolaning bilim olishga qiziqishi va qiziqishini oshirish orqali yaxshi natijalarga erishamiz.

Mantiqiy fikrlash va ijodkorlik

Dasturlash mantiq va ijodkorlik orqali mukammal rivojlangan. Muammolarga mantiqiy fikrlash orqali yechim topish mumkin. Bunday yechimlarni topishni ijodkorlik bilan bolani o'zi mustaqil tanlashni o'rganadi.

Robototexnika kursi:

1 - bosqich

  • Robototexnika asoslari
  • Lego mexanikasi bilan ishlash.
  • Lego Mindstorm

2 - bosqich

  • Elektron va elektronika asoslari
  • Mikrokontroller bilan ishlash
  • Arduino kursi

3 - bosqich

  • 3D modellashtirish
  • Murakkab mexanik modellarni ishlab chiqish
  • Dasturlash kursi

Bizning rasmlar